SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH SIYOSATI

Hurmatli tashrif buyuruvchi!

“GEROPHARM” Kompaniyalari guruhi (keyingi o‘rinlarda — “GEROPHARM”) veb-saytiga xush kelibsiz. Ushbu veb-saytdan foydalanish mazkur “Foydalanuvchi bilan kelishuv” shartlariga rioya qilgan holda va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Rozilik bildirish

Ushbu Kelishuv ommaviy oferta hisoblanib, Foydalanuvchilarning www.sejaro.com veb-sayti (keyingi o‘rinlarda — “Sayt”) materiallari va xizmatlaridan foydalanish shartlarini belgilaydi.

Sayt materiallariga kirish huquqini qo‘lga kiritish orqali, Foydalanuvchi mazkur Kelishuvga qo‘shilgan hisoblanadi.

Ushbu Sayt 18 yoshdan oshgan shaxslar va ularning undan notijorat va axborot olish maqsadlarida shaxsan o‘zlari foydalanishlari uchun mo‘ljallangandir. Agar mazkur Kelishuv talablariga bo‘ysunishdan bosh tortsangiz yoki 18 yoshdan kichik bo‘lsangiz, ushbu Saytni tark etishingizni so‘rab qolamiz.

Sayt ma’muriyati ushbu Kelishuv shartlarini istalgan vaqtda bir tomonlama o‘zgartirishga haqlidir. Bunday o‘zgartirishlar Kelishuvning yangi versiyasi Saytga joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Foydalanuvchi kiritilgan o‘zgartirishlardan norozi bo‘lgan taqdirda, u Saytga kirish huquqidan voz kechishi, Sayt materiallari va xizmatlaridan foydalanishni to‘xtatishi shart.Sayt ma’muriyati ushbu Kelishuv shartlarini istalgan vaqtda bir tomonlama o‘zgartirishga haqlidir. Bunday o‘zgartirishlar Kelishuvning yangi versiyasi Saytga joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Foydalanuvchi kiritilgan o‘zgartirishlardan norozi bo‘lgan taqdirda, u Saytga kirish huquqidan voz kechishi, Sayt materiallari va xizmatlaridan foydalanishni to‘xtatishi shart.

Foydalanuvchi majburiyatlari

Foydalanuvchi Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi yoki xalqaro huquq me’yorlarini, shu jumladan intellektual mulk, mualliflik va/yoki turdosh huquqlarni, buzuvchi bo‘lib hisoblangan xatti-harakatlar, shuningdek, Saytning va Sayt xizmatlarining normal ishlashi buzilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlarni amalga oshirmaslikka rozilik beradi.

Mazkur kelishuvda belgilangan holatlardan tashqari, Sayt materiallaridan huquq egalarining roziligisiz foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sayt materiallaridan, shu jumladan huquqlari himoyalangan mualliflik asarlaridan, iqtibos qilinganda, Saytga havola keltirilishi shart.

Havolalar orqali Saytdan foydalanish yoki ular orqali boshqa bog‘langan saytlarga o‘tish — undagi barcha xavf-xatarlar uchun butun masʼuliyatni o‘z bo‘yningizga olgan holda amalga oshiriladi. Foydalanuvchi “GEROPHARM” kompaniyasi uning, havolalari saytda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashqi resurslarga kirishi va ulardan foydalanishi uchun javobgar emasligi haqida ogohlantirilgan.

Saytdan foydalanish shartlarini qabul qilish orqali, Foydalanuvchi Saytda foydalanuvchining kompyuteriga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan viruslar yoki boshqa elementlar mavjud bo‘lishi mumkinligini, shuningdek, Sayt bilan muloqotlar, jumladan, shifrlangan ma’lumotlarni uzatish, Saytdagi shakllarni to‘ldirish, pochta xabarlarini yuborish va interaktiv maydonlardan foydalanish, xavfsiz emasligini va o‘g‘irlanishi mumkinligini tan oladi va tushunadi.

Foydalanuvchi “GEROPHARM” kompaniyasi Saytning har qanday mazmuni, ishlashidagi har qanday buzilishlar, xatolar, kamchiliklar, uzilishlar yoki kompyuter virusining tushishi bilan bog‘liq har qanday ehtimoliy yoki yuzaga kelgan yo‘qotishlar yoki zararlar uchun Foydalanuvchi oldida javobgar bo‘lmasligi va bevosita yoki bilvosita majburiyatlarga ega emasligiga rozilik bildiradi.

Tibbiy ma’lumot

Saytimizdagi preparatlar haqidagi ma’lumot faqat mahsulot assortimenti, qo‘llanilish sohasi va asosiy xususiyatlari haqida ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan. Saytda ko‘rsatilgan dori preparatlari va tibbiy buyumlar faqat shifokor ko‘rsatmasi asosida qo‘llanilishi mumkin. Saytda mavjud mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar to‘liq tibbiy ma’lumotni o‘z ichiga olmaydi. Ushbu Saytda tibbiy tavsiyalar keltirilmagan.

AGAR SIZDA BIROR BIR KASALLIK BOR BO‘LSA, DARHOL SHIFOKOR YOKI SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASI MUTAXASSISIGA MUROJAAT QILISHINGIZ LOZIM. BIZ SAYT FOYDALANUVCHILARIGA TIBBIY TASHXISLARNI QO‘YMAYMIZ VA ULARGA DAVOLASH BO‘YICHA MASLAHATLAR BERMAYMIZ. SAYTDA BERILGAN MA’LUMOT OʻZBOSHIMCHALIK BILAN TASHXIS QO‘YISH YOKI DAVOLASHNI BUYURISH UCHUN ASOS BO‘LA OLMAYDI.

Siz har doim Sizga buyurilgan dori vositalari haqidagi to‘liq tibbiy ma’lumotni (jumladan, ulardan foydalanishning afzalliklari va ehtimolli nojo‘ya ta’sirlari) bevosita ularni Sizga buyurgan shifokordan yoki, agar bu maqbul bo‘lsa, boshqa tibbiy mutaxassisdan, ular bilan har qanday dori vositalaridan to‘g‘ri foydalanishni muhokama qilgan holda, olishingiz lozim.

Ushbu Sayt, shu jumladan u orqali o‘rnatilgan har qanday muloqot, shifokor va bemor o‘rtasida munosabatlar o‘rnatish uchun mo‘ljallanmagan. Ushbu Saytda keltirilgan ma’lumotlardan shifokor yoki boshqa mutaxassis bilan maslahatlashish o‘rnida foydalanmasligingiz lozim. Siz ushbu Saytda olingan ma’lumot ta’sirida, oldindan malakali mutaxassisning maslahatini olmasdan turib, hech qanday xatti-harakatlarni amalga oshirmasligingiz yoki aksincha, ulardan o‘zingizni tiyib turmasligingiz lozim.

Ilmiy ma’lumot

Maqolalarda bildirilgan fikrlar va nuqtai nazarlar ushbu maqolalar mualliflariga tegishli bo‘lib, mutlaq ilmiy haqiqat yoki harakat uchun ko‘rsatma sifatida qaralishi mumkin emas. Ma’ruzachilar va/yoki mualliflarning fikrlari “GEROPHARM” nuqtai nazarini aks ettirmaydi.

Saytning mazmuni faqat sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassisi o‘z amaliy faoliyatini yaxshilash uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumot manbai yoki ta’lim materiali sifatida qaralishi shart. Ushbu saytda taklif etilgan har qanday ilmiy ma’lumot tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassis tomonidan mufassal ko‘rib chiqilishi va tushuntirilishi hamda u to‘plangan va taqdim etilgan ilmiy va tahririy kontekstdagi maʼnosidan ajratilib talqin qilinmasligi lozim.

“GEROPHARM” Foydalanuvchining saytdagi har qanday mazmunli materiallar, axborot yoki ma’lumotlarga (jumladan, uchinchi tomonlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga) bo‘lgan ishonchi natijasida yuzaga kelgan har qanday qaror, harakat yoki harakatsizlik uchun javobgar emas. Bu ushbu Sayt bilan havolalar orqali bog‘langan saytlarda taqdim etilgan ma’lumotga ham tegishli.

Materiallardan foydalanish

Ushbu Saytda matnlar, rasmlar, dasturiy ta’minot va boshqa materiallar ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ma’lumot “GEROPHARM” kompaniyasining mulki hisoblanib, tegishli mualliflarning ruxsati asosida Saytga joylashtirilgan. Savdo belgilari va logotiplari “GEROPHARM” yoki uchinchi shaxslarning mulki hisoblanadi. Saytda joylashtirilgan ma’lumotni tijorat maqsadlarida har qanday tarzda qayta ishlab chiqarish, sotish yoki tarqatish taqiqlanadi. Agar to‘g‘ridan to‘g‘ri shaklda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, “GEROPHARM” Foydalanuvchiga Saytning ayrim sahifalarini yoki kontentni notijorat maqsadlarda foydalanish uchun chop etishga, ushbu hujjatlarning har qanday nusxasiga mazkur hujjatda keltirilgan mualliflik huquqi va boshqa mulkiy huquqlar to‘g‘risidagi barcha bildirishnomalar kiritilishi sharti bilan, ruxsat beradi. Agar to‘g‘ridan to‘g‘ri shaklda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa hamda Siz sog‘liqni saqlash xodimi yoki tibbiy xizmat provayderi bo‘lsangiz, ushbu Saytning ayrim sahifalari yoki kontentini chop etish va ushbu ma’lumot va materiallarni uchinchi tomonlar bilan almashish huquqiga egadirsiz. Boshqa hech qanday turdagi ruxsat Sizga kontentni chop etish, nusxalash, qayta ishlab chiqarish, tarqatish, litsenziyalash, uzatish, sotish, boshqalarga yuborish, joylash, yuklab olish, saqlash, ommaga namoyish qilish, o‘zgartirish yoki uning asosida hosilaviy ishlarni yaratish huquqini bermaydi. Ushbu Saytdan yoki uning kontentidan mualliflik huquqi haqidagi qoidalar, savdo belgisi ishoralari yoki boshqa intellektual mulk huquqi bildirishnomalarini olib tashlash taqiqlanadi.

Boshqa shartlar

Mazkur Kelishuvdan kelib chiqadigan yoki u bilan bog‘liq barcha ehtimoliy nizolar Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal qilinishi shart.

Kelishuvdagi hech bir holat Foydalanuvchi va “GEROPHARM” o‘rtasida agentlik munosabatlari, sheriklik munosabatlari, birgalikdagi faoliyat munosabatlari, shaxsiy yollash munosabatlari yoki Kelishuvda bevosita nazarda tutilmagan boshqa munosabatlarni o‘rnatish sifatida tushunilishi mumkin emas. Sud tomonidan Kelishuvning biror-bir qoidasining haqiqiy emas yoki majburiy ijro etilmaydigan deb topilishi Kelishuvning boshqa qoidalari haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Foydalanuvchilardan biri Kelishuv qoidalarini buzgan taqdirda Sayt ma’muriyatining harakatsizlik ko‘rsatishi “GEROPHARM”ni keyinchalik o‘z manfaatlari himoyasida tegishli choralar ko‘rish va qonunchilikka muvofiq himoyalanadigan Sayt materiallariga bo‘lgan mualliflik huquqlarini himoya qilish huquqlaridan mahrum qilmaydi.

Sayt bilan ishlash orqali, Foydalanuvchi mazkur Kelishuvning barcha bandlari bilan tanishganligini va ularni to‘liq qabul qilishini tasdiqlaydi.

Sayt to‘g‘ri ishlashi uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytdan foydalanishda davom etish orqali, Siz ulardan foydalanishga rozilik bergan hisoblanasiz.